Foydalanishga topshirildi

Date:

Boshlang‘ich bilimlar, tasavvur va dunyoqarash bog‘chada shakllanadi. Biror sohaga qiziqish, til o‘rganishga ishtiyoq bolani yo‘naltiradi. Sherobod tumani “Chuqurko‘l” mahallasida 499 nafar bola bog‘chaga bormaydi.

Istasa ham bora olmaydi. Sababi yaqin hududda birorta ham maktabgacha ta’lim tashkiloti yo‘q edi. Bir tasavvur qiling-a, maktabga qabul qilingan bog‘chaga borgan va bormagan o‘quvchi o‘rtasida qanchalik farq sezilar ekan. Demak, o‘z-o‘zidan ayonki, farzandimiz hayotida boy berayotganimiz jiddiy masala.
Masalaga yechim sifatida mahallada yengil konstruktsiya asosida qisqa muddatlarda 38-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilib, foydalanishga topshirildi. Natijada mahalladagi 3-7 yoshgacha bo‘lgan 120 nafar bola bog‘chaga qamrab olindi. Ularning 90 nafari kuni uzaytirilgan, 30 nafari qisqa guruhlarga qabul qilindi. 19 nafar mahalliy ishsiz aholi vakillari ishga qabul qilindi.

Bolalarning quvonchi cheksiz. Barcha shart-sharoitlar yaratilgan binoda endi ular ko‘ngildagidan ta’lim-tarbiya oladilar. Ochilish marosimi katta tantanaga aylanib ketdi.

Ayni shunday maktabgacha ta’lim tashkiloti Boysun tumanining “To‘da” mahallasida ham bo‘y ko‘rsatdi va 150 nafari bolajon bog‘chaga boradigan bo‘ldi.
Viloyatda 3-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish bo‘yicha ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun