55 nafardan iborat delegatsiya Surxondaryoda

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifi, yoshlar siyosati sohasida berilgan topshiriqlari ko‘plab amaliy ishlarni boshlashga asos bo‘ldi. Xususan, birinchi navbatda Termiz shahri va Termiz tumanida barpo etilgan «Yoshlar infratuzilma obektlari»ga tashrif buyurgan holda amaliy seminar tashkil etish rejalashtirilgan edi.
Shu munosabat bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarma boshliqlari hamda «Yoshlar-kelajagimiz» jamg‘armasi hududiy bo‘lim rahbarlari uchun Surxondaryo viloyatida amaliy seminar hamda sayohatlar tashkil etildi.


Birinchi navbatda mehmonlar Termiz xalqaro aeroportida kutib olindi. So‘ng, an’anaviy tarzda ham sayohat, ham ziyorat bahonasida Al-Hakim at-Termiziy hamda Sulton Saodat maqbarasida bo‘lishib, ziyorat qilishdi.
Shundan keyin delegatsiya ishtirokchilari Termiz shahrida barpo etilgan «Vatanparvarlar» bog‘ida bo‘lishdi, ularni Termiz garnizoni harbiy orkestor jamoasi Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlari bilan tantanali kutib oldilar. Mehmoblar bu yerda harbiy xizmatchilar tomonidan yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tanishuv tashrif doirasida rejalashtirilgan tadbirga ulandi va Hayrabod garnizoning faxriy qorovul shaxsiy tarkibi hamda Termiz garnizoni harbiy xizmatchilari qo‘l jangi sana’tini hamda sahna chiqishlarini namoyish etdilar.
Tadbir davomida mehmonlarlarning Yashil makon” oyihasi doirasida mevali va manzarali ko‘chatlarni ekish ham yoddan ko‘tarilmadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hokimlar endi aholini shaxsan qabul qiladi

Prezident topshirig‘iga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda...

30 yildan oshsa, ekologik to‘lovi bor

O‘zbekistonda 2027-yildan boshlab ishlab chiqarilganiga 30 yil va undan...

Xakatonda g‘olib

Termiz shahridagi 3-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchisi Jahongir Mamasoliyev "InfoCheck...

“Sog‘lom ayol — kuchli jamiyat”

Xotin-qizlarni sportga keng jalb etish va sog‘lom turmush tarzini...
KunTun
KunTun