Termizda Xalqaro ilmiy konferensiya boshlandi

Date:

Hadis ilmi maktabi yurtimizdan yetishib chiqqan Imom Buxoriy, Imom Dorimiy, Imom Termiziy kabi buyuk muhaddislar tomonidan asos solingan. Movarounnahrda ilm-maʼrifat bilan mashgʻul boʻlgan koʻplab maktab va madrasalar, xususan, Qurʼon, hadis va fiqh maktablari faoliyat olib borgani tarixiy manbalarda qayd etilgan. Bu esa yurtimizni tom maʼnoda muhaddislar diyori, deb eʼtirof etishga asos boʻladi.
Hadis ilmi maktabining asosiy maqsadi ham islom dini va hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk vatandoshlarimizning boy merosini chuqur oʻrganish, ular tomonidan asos solingan hadis ilmi maktablari faoliyatini qayta tiklash va rivojlantirishdan iborat. Shu ma’noda xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy va taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlik aloqalari oʻrnatilib, xorijlik professor-oʻqituvchilarni jalb qilish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilayotir.


2022-yil 29-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turkiy davlatlar bian turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Marg‘ilon, Qo‘qon, Termiz va boshqa tarixiy shaharlarda buyuk allomalarning ilmiy va madaniy merosi to‘g‘risida seminar, simpozium, konferensiya, ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazib kelinmoqda. Bu nafaqat yurtimizda yetishib chiqqan qomusiy allomalarning hayoti va faoliyati bilan tanishtiradi, balki turizm sohasi rivoji uchun ham muhim qadamdir.
Ushbu qarorga ko‘ra joriy yilning 22-23-noyabr kunlari Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Imom Buxoriy, Dorimiy va Termiziy: muhaddislikning Movarounnahr maktabi” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Turkiya, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Jazoir, Quvayt, Marokash, Qatar, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya singari 20 ga yaqin xorijiy davlatlar, shuningdek, mamlakatimizning barcha hududlaridan taniqli ulamolar, yetuk olimlar, ilmiy tadqiqot markazlari vakillari Surxondaryo viloyatiga yetib keldi.


Mehmonlar Termiz xalqaro aeroportida viloyat hokimining o‘rinbosarlari Jo‘rabek To‘rayev, Abdurasul Abdurahmonov va boshqa mas’ullar tomonidan munosib kutib olindi. Konferensiyaning birinchi kunni mehmonlar erta tongdan Al Hakim at-Termiziy ziyoratgohida bo‘lib, ziyorat qilish bilan boshladilar. Shundan so‘ng, Sulton Saodat hamda Abu Iso at-Termiziy ziyoratgohlariga yo‘l oladilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Volksvagen — o‘zimizda ishlab chiqariladi

O‘zbekiston bozori — ayni paytda o‘sishda davom etayotgan va...

Xizmat yanada rivojlanmoqda

Bugungi kunda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash Departamenti hamda...

Rus tili imtihoni majburiy bo‘ladi

Rossiya Federatsiyasida migrant bolalarining ta’lim muassasalariga qabul qilinishi bo‘yicha...

Suvdan noqonuniy foydalanishni videoga oling, mukofoti bor

Yurtimizda suvdan foydalanish qoidalarining buzilishi holatlarini foto yoki video...
KunTun
KunTun