“YIL DIREKTORI” ANIQLANDI

Date:

Maktabda ta’lim tizimini risoladagidek ketishi, o‘quvchi-yoshlarning bilimda, tanlov va musobaqalarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritishida, albatta, maktab direktorining xizmati va hissasi katta ekanini unutmaslik kerak. O‘qituvchi-pedagoglar jamoasini to‘g‘ri yo‘naltira olish, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish rahbar zimmasidagi eng birinchi vazifalardandir. Surxondaryo viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Yil direktori” tanlovining viloyat bosqichida tizimda namunali faoliyati bilan jamiyatga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 15 ta tuman (shahar) “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktorlari ishtirok etdi. Ishtirokchilar tanlov nizomida ko‘rsatilgan shartlar asosida bellashdilar.
G‘oliblikka nomzodlarning ishlari, ishtiroklari tajribali hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra Bandixon tumanidan Ilhom Samatov 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Tanlov so‘nggida g‘olib direktorlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

KITOB — ENG BUYUK MOʻJIZADIR

     Bugungi axborot texnologiyalari asrida smartfon va internet hayotimizni...

G‘olib sayohatga chiqadi

Hukumat qarori bilan ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan...

Steviyadan daromad

Sho‘rchi tumanining "Baxshtepa" mahallasida yashovchi Hikmatilla Allayorov tomorqasidan samarali...

Yangi uylar muddatida topshiriladi

Sariosiyo tumanida aholini zamonaviy va qulay uy-joylar bilan ta’minlashga...
KunTun
KunTun