Onlayn ariza berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Date:

Bolalar puli yoki moddiy yordam olish uchun mahalla idorasi eshigi oldida sarg‘ayishga, bir qator hujjatlar tayyorlashga to‘g‘ri kelardi. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-noyabrdagi “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilinib, bu boradagi sarson-sargardonchilikka chek qo‘yiladigan bo‘ldi.
Qarorga muvofiq, 2024-yil aprel oyidan boshlab, fuqarolar ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn shaklda bolalar nafaqasi va moddiy yordamga ariza topshirishlari mumkin. Bunda fuqarolar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali arizalarni yuborish imkoniyati yaratiladi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ijtimoiy xodimlariga fuqarolarning bevosita roziligi bilan “Yagona reestri” AT orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza berish huquqi beriladi.
Shuningdek, mazkur qaror bilan ijtimoiy nafaqalarni tayinlash mezonlariga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 2023-yil dekabr oyidan boshlab, bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlangandan so‘ng “Yagona reestr” AT yordamida har oyda oilaning iqtisodiy holati avtomatik ravishda monitoring qilinadi hamda oilaning iqtisodiy holati yaxshilangan (ikkinchi ko‘chmas mulk yoki noturar joy, yangi avtotransport xarid qilgan yoki yuqori ish haqi olishni boshlagan) bo‘lsa, nafaqa to‘lovi to‘xtatiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun