Evakuatsiya rejasi namoyish qilindi

Date:

Egnida harbiylik libosini kiyib, o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan askarni kuzatgan har bir yoshning qalbida harbiy bo‘lishga qiziqish, vatanga muhabbat, unga xizmat qilishdek oliy burch ishtiyoqi qalbida alanga olishi aniq. Yosh avlodni ana shunday ruhda tarbiyalash esa biz kattalarning oldimizdagi eng katta vazifamizdir. Termiz shahridagi Prezident maktabida ertalabki saflanish vaqtida, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlika tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari Boboyor Xudoyqulov tomonidan maktabning evakuatsiya rejasi taqdimot ko‘rinishida namoyish qilindi.


Taqdimotdan so‘ng, Mudofaa vazirligi Faxriylar ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati kengashi raisi Taxir Urunov hamda O‘zbekiston Respublikasi Veteran-jangchi, faxriy va nogironlar Surxondaryo viloyati kengashi raisi o‘rinbosari To‘lqin Bolliyev ishtirokida 11-sinf o‘quvchilariga “Chaqiruv uchastkasida qayd etish guvohnomasi” topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun