Korrupsiyaga qarshimiz

Date:

Korrupsiya illatlarga, huquqbuzarlikka yo‘l ochish bilan birga nafsning hatalak oshishiga ham sabab bo‘ladi. Davlatda o‘rnatilgan qonunlar, tartib-qoidalar chetlab o‘tiladi. Natijada jinoyat, qonunlarni mensimaslik yuzaga keladi. Bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik esa sizu bizning birinchi galdagi vazifamizdir. Bu illat jahon iqtisodiyotiga har yili o‘rtacha 2,6 trillion dollar zarar keltirishini hisobga olsak, oxiri yaxshilik bilan tugamasligi, davlatni ich-ichidan yemirib tugatishi muqarrardir.
Ushbu illatning oldini olish, joylarda xushyorlikni oshirish maqsadida Surxondaryo viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi kotibi, viloyat Kengashi deputati Saydullo Abduraimov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Sherobod, Sho‘rchi va Uzun tumanlarida tibbiyot birlashmalari, tijorat banklari “Agrobank”, “Mikrokreditbank” va Xalq banklarida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Nazorat tadbirlari davomida sohalardagi ochiqlik va shaffoflik hamda raqamlashtirish ishlari o‘rganilib, korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. O‘rganishlar so‘nggida korrupsion holatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan keskin choralar ko‘rish va bu borada aniq va qat’iy chora-tadbirlar belgilab olish vazifalari berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun