“Hokimlik bog‘i” tashkil etildi

Date:

Yaxshidan bog‘ qoladi deganlaridek, avlodlarga bog‘ qoldirish uchun belni mahkam bog‘lab, ishga kirishganmiz. Yashil maydonlarni kengaytirish, ona tabiatni bog‘u bo‘stonga aylantirish harakatlari bilan yerga ko‘chat ekib, ko‘kartirish bilan bandmiz. Ayni pallada ko‘chat ekishning kuzgi mavsumi boshlangan emasmi, oldimizga qo‘ygan maqsadlarimiz katta, amalga oshirishimiz lozim bo‘lgan ishlarimiz esa talaygina.
“Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida bo‘lib o‘tgan “Yashil belbog‘” aksiyasi doirasida har bir shahar va tumanlarda “Hokimlik bog‘i” tashkil etish bo‘yicha aytib o‘tilgan edi. Topshiriqqa muvofiq Sariosiyo tumanida joriy yilning 25-oktabrdan 1-dekabrga qadar kuzgi daraxt ekish mavsumiga start berilib, ishlar qizg‘in tus oldi.
Tuman hokimi Abduqodir Donayev rahbarligida, sektor rahbarlari, tuman korxona va tashkilot rahbarlari, obodonlashtirish bo‘limi xodimlari, nuroniylar, yoshlar bilan birgalikda “Yangi hayot” mahallasida “Hokimlik bog‘i” tashkil etilib, mingga yaqin 7 xil turdagi manzarali daraxt ekish ishlari olib borildi.
Aytish kerakki, ayni kunga qadar viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida ana shunday “Hokimlik bog‘i” tashkil etilib, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, obodonlashtirish ishlari boshlab yuborilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolalar ta’limi uchun yangi imkoniyat

Bolaning ilk ta’lim muhiti uning kelajakdagi rivojida muhim o‘rin...

“Surxon yulduzi” iste’dodlarni kashf etmoqda

Yosh iste’dodlarni izlab topish va ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash...

“Open byudjet”: ikkinchi mavsum boshlandi

Hududlarni obod qilish va mahalliy muammolarni hal etishda fuqarolarning...

Yangi maskan — yangi imkoniyat

Shahar va tumanlarda zamonaviy jamoat maskanlarini yaratish nafaqat infratuzilmani...
KunTun
KunTun