“Zakovat”da bellashdilar

Date:

Ko‘p hollarda xotin-qizlarning avtomobil boshqarishlari ko‘plab baxs va munozaralarga sabab bo‘ladi. Qarshilarning ko‘pchiligi, ayollarni e’tiborsizlikda ayblashadi. Nahotki, oila, ish va farzand tarbiyasini bir maromda olib boruvchi nozik xilqat egalari bu ishni udda qila olishmasa. Bu jihatlarini bilmadigu, ammo aqlu zakovatda ustun ekanliklarini, e’tiborli va ziyrak ekanligini Termiz davlat universitetida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yini orqali isbotladilar.


O‘yin “Talaba-qizlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash” mavzusidagi seminar doirasida bo‘lib o‘tdi va mamlakatimizdagi OTMlaridan tashrif buyurgan 150 nafar xotin-qiz ishtirok etdi.
Shuningdek, TerDU Milliy libos va san’at fakultetining iqtidorli talaba-qizlari tomonidan yaratilgan milliy va zamonaviylikni o‘zida uyg‘unlashtirgan liboslar namoyishi o‘tkazildi. Bu kabi tadbirlarni tashkil etishdan maqsad yoshlarni milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlar o‘rtasidagi milliy liboslarimizga bo‘lgan e’tiborni va kiyinish odobini yanada yuksaltirishdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...

114 ta murojaat joyida hal

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov videokonferensaloqa shaklida navbatdagi ommaviy...

Polvonlarimiz boʻsh kelmadi

Surxondaryo viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilari va xizmatchilari...

Angorda yangi savdo do‘konlari ish boshladi

Angor tumanining Yuqori Xo‘jaqiya mahallasida joylashgan «Angor karvonsaroy» savdo...
KunTun
KunTun