Termizdan Denovgacha…

Date:

Denovlik vohadoshlarimiz biror yumush yoki mehmondorchilik sabab Termizga yo‘li tushsa, eng yaxshi va xavfsiz vosita sifatida poyezdda kelishni ixtiyor etishlari aniq. Bir necha soatlik yo‘l davomida esa hamrohlar bilan suhbatlashish bilan birga atrofni kuzatib kelishadi. Ular ko‘radigan manzara obod va ko‘rkam bo‘lsa ha ho‘b, aks holda ko‘ngillari xira bo‘lishi aniq.
Yo‘lovchilarning bahri dilini ochish hamda poyezd yo‘l atrofini ko‘rkam va obod qilish maqsadida mahalliy aholi hamda mas’ullar ishtirokida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Surxondaryo viloyati hokimi esa erta tongdan poyezdda Termizdan Denovgacha bo‘lgan masofada temir yo‘l atrofida joylashgan mahallalardagi aholi yashash joylari, korxonalar, avtomobil yo‘llari va ko‘chalarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida Termiz temir yo‘l vokzalidan poezdda mas’ullar bilan yo‘lga chiqdi.
Viloyat hokimi sektor va hududlar rahbarlari, mutasaddi tashkilot va idoralar vakillari bilan avvalgi o‘rganishlarda berilgan topshiriqlar ijrosini ko‘zdan kechirar ekan, yangi vazifalar ham belgilab berildi. Hozirda o‘rganish ishlari viloyatning shimoliy hududi bo‘ylab davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...

Turon Turkistondan qadimiyroq

Turon va uning hududi haqidagi taxminlar juda ko‘p. Biroq...

Kelajak — bizning qo‘limizda

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar...

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...
KunTun
KunTun