“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi qabul qilindi

Date:

Yurtimizda qabul qilinayotgan qaror va farmonlar, farmoyishlar, ularning ijrosi xalq manfaati uchun xizmat qilish barobarida barcha sohalarda o‘zgarish va yangilanishlar bo‘lishiga zamin yaratadi. Prezident Farmoni (PF–158-son, 11.09.2023-y.) bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining tasdiqlanganida ham ana shunday maqsad mujassam. Srtategiya tasdiqlanishi hamda uni 2023-yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) ham qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi 5 ta ustuvor yo‘nalish hamda 100 ta maqsaddan iborat. Ushbu yo‘nalish va maqsadlar har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratadi. Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan birga qonun ustuvorligini ta’minlab, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etadi. “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettiradi.
Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan to‘yintirilgan non mahsulotlari berilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Banklarning nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun qiymati 20 milliard so‘mgacha kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasi asosiy stavkadan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
2023/2024-o‘quv yilidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari 10-sinf o‘quvchilarini kasb-hunarlarga o‘rgatish kurslari joriy etiladi. Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun “tayanch maktab” etib belgilanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun