INNOVATSION BOG‘ChA ISh BOShLADI

Date:

Oltinsoy tumani markazidagi “Bo‘ston” mahallasida “STEAM“ ta’lim tizimiga ixtisoslashgan innovatsion maktabgacha ta’lim tashkilotining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Qiziq, innovatsion bog‘cha qanday bo‘ladi? Bunday bog‘chalar har bir bolaning qiziqishlariga alohida yondashib, murakkab nazariy hamda amaliy masalalarni hal etishdagi potensialini namoyon etishda ko‘maklashadi.
Ana shunday maqsadni ko‘zlagan maxsus ta’lim dasturiga asoslangan faoliyat bolalarning har tomonlama rivojlanishlari uchun xizmat qiladi. Bu esa ta’lim jarayonida ularning ham ijtimoiy, ham aniq fanlarni bir xilda yaxshi o‘rganishlarini bildiradi.
Qolaversa, uchbu maktabgacha ta’lim tashkilotida yuqori malakali va ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassislar jalb etilgan bo‘lib, bolalar ta’lim-tarbiyasi hamda sog‘ligining barcha jihatlariga e’tibor qaratiladi. Aynan shu maqsadlar uchun bog‘chada, immunitet tizimini mustahkam saqlash uchun sport zallari mavjud. Bundan tashqari, sifatli ovqatlanish menyusi ishlab chiqilgan.
Farzandlarning kelajakda kim bo‘lib ulg‘ayishlari ota-onalar uchun muhim masala. Shu sababdan ham pedagoglar bolalardagi qobiliyatlarni o‘z vaqtida ilg‘ab olib, ularni rivojlantirishga yordam berishadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Fors delegatsiyasi Surxondaryoda

Eron Islom Respublikasining Fors viloyati hokimi Xosseyn Ali Amiriy...

“Taraqqiyot va yetakchilik maskani”

Surxondaryo viloyatida “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi asosida tanlab...

Chanqovuzi olamni tutdi

“Jajji nurli yulduzlar” respublika festivalining “Mo‘jizaviy kuylar” yo‘nalishida Boysun...

“Sen iste’dodlisan”

Surxondaryo viloyatida “Sen iste’dodlisan” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi nihoyasiga yetdi....
KunTun
KunTun