Ham sayohat, ham ziyorat

Date:

Dunyo kezishdan avval, jannatmakon O‘zbekistonimizning diqqatga molik joylarini kezish, tanishish lozim. Buning uchun, ya’ni ichki turizmga ham yetarlicha e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi esa sayr-u sayohat qilishda eng yaxshi sabab bo‘ldi. Sana munosabati bilan Termiz shahridagi “Chegara” mahallasida istiqomat qilib kelayotgan 27 nafar keksa va nuroniy otaxon va onaxonlarimiz, nogironligi bo‘lgan fuqarolar Samarqand viloyatiga sayohatga olib ketildi.
Azim Samarqandga yo‘l olgan sayohatchilarimiz muqaddas qadamjolarni ziyorat qildilar. Qimmatli ma’lumotlar, turli rivoyatlarni tinglash bilan birga sayohatdan katta taassurot oldilar. Nuroniylar ushbu ulug‘ joylarda duoga qo‘l ochib, go‘zal, tinch diyorda yashayotganligiga shukronalik keltirdilar. Ko‘tarinki kayfiyatda dam olib, ham sayohat, ham ziyorat gashtini surdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imtiyozlar imkoniyat yaratadi

Surxondaryo viloyatida Prezidentning kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi farmoni...

Narkotik savdosining oldi olindi

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida o‘tkazilgan tezkor...

Nazorat kuchaytirildi

Surxondaryo viloyatida ekologiya va chegara qo‘shinlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd...

O‘ziga ishonchi ortdi

Termiz shahridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tarbiyalanayotgan...
KunTun
KunTun