Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun…

Date:

Termiz shahridagi “San’at saroyi” amfiteatri odamlar bilan har qachongidan-da gavjum, sababi u yerda mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligiga bag‘ishlangan viloyatning asosiy bayram tantanalari yuqori kayfiyatda boshlandi. Tadbirda ishlab chiqarish ilg‘orlari, fermer va tadbirkorlar, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari, shuningdek, Tojikistondan tashrif buyurgan delegatsiya ishtirok etdi.


Bayram tadbirini Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ochib berdi va mustaqillik yillarida mamlakatimizda erishilgan ulkan natijalar, xususan, viloyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy hayotida ro‘y bergan o‘zgarishlar haqida to‘xtalib, voha ahlini bayram bilan samimiy qutladi.


Shundan so‘ng, navbat bayram dasturining bir-biridan ajoyib chiqishlariga berildi. Sahnaga bolajonlar chiqib, sho‘x-shodon qo‘shiq kuylab, raqsga tushdilar.

Qolaversa, harbiylar, sportchilar va aktyorlarning chiqishlari tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlagan bo‘lsa, milliy-etnografik guruhlarning xonishlari barchani raqsga chorladi.


San’atkorlar, xususan, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Mahmud Namozov, O‘zbekiston xalq artistlari Hosila Rahimova, Rashid Xalikov, shuningdek, estradamiz yulduzlari Baxrom Nazarov,

Jasur Mavlonov, Sevinch Ismoilova, Hamdam Sobirov va Rayxon G‘aniyevalarninng birma-bir chiqishlari kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. ular ijrosidagi sho‘x-shodon kuy-qo‘shiqlari bayramni bayramdek o‘tishiga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Jinjaktepa”da yangi bog‘cha

Jarqo‘rg‘on tumanining «Jinjaktepa» mahallasida 120 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim...

Termizda 100 ga yaqin noqonuniy tashqi reklama bartaraf etildi

Termiz shahridagi «Qurilish mollari bozori»da tashqi reklama va davlat...

Salomatlik yo‘lida piyoda kezib…

Denov tumanida «Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat» shiori ostida...

Denovda yosh qizlar uchun etiket maktabi ochildi

Denov tumani hokimi Anvar Normamatov tashabbusi bilan “Lochin” mahallasida...
KunTun
KunTun