Tajribasi bilan o‘rtoqlashdi

Date:

Surxon vohasining unumdor tuprog‘i, qulay iqlim sharoiti qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirib, mo‘may daromad ko‘rishga mos va xos hudud sanaladi. Shu sababdan ham yer qadrini bilgan borki, o‘zini shu sohaga urib, mehnatini ayamaydi va shukrki, kam bo‘lmayapti. Ana shunday tajribali mirishkor dehqon-u fermerlar endigina o‘sib kelayotgan, kelajakda qanday kasbning boshini tutishni o‘ylayotgan yoshlar uchun eng yaxshi namuna bo‘la oladi. Shu sababdan ham viloyatimiz bo‘ylab, hududlarda faollik ko‘rsatgan tadbirkorlar bilan yoshlar uchrashuvlari tashkil etib kelinayotir.
Ana shunday uchrashuvlardan biri Angor tumanida ham tashkil etildi. Uchrashuv mehmoni esa tumandagi “Eshbo‘ri Bekmurodov” nomli fermer xo‘jaligi rahbari, “Do‘stlik” ordeni sohibi Rustam Bekmurodovdir. Uchrashuvda mehmonning tadbirkorlik faoliyatiga qiziqqan aholi vakillari ishtirok etdi.


Samimiy kechgan muloqotda Rustam Bekmurodov o‘z faoliyati haqida, qiziqishlari, qanday ish boshlab, tadbirkorlikda qay jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi haqida so‘zlab berdi. Aytish kerakki, “Eshbo‘ri Bekmurodov” g‘alla-paxta, meva-sabzavot va chorvachilikka ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklaridan biri bo‘lib, ushbu faoliyat ortidan halol rizq izlayotgan, mehnat qilayotgan R.Bekmurodov xalqimiz dasturxonining to‘kin-sochinligini, aholi, ayniqsa, yoshlarning bandligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Fermerning aholi vakillari bilan uchrashib, o‘z tajribalarini o‘rtoqlashayotgani zamirida yoshlarni hayotda o‘z o‘rnini topib, kerakli turtkini bera olish istagi mujassam.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun