Bayramga munosib tuhfa

Date:

Oltinsoy tumanidagi “Obshir” mahallasida “Obod mahalla, obod ko‘cha, obod xonadon” dasturi asosida e’tiborga molik ishlar amalga oshirilayotganidan xabarimiz bor. Mustaqilligimizning 32 yilligi oldidan ana shu ishlarning natijasi o‘laroq mahallada dasturga asosan qator loyihalar foydalanishga topshirildi. Bu o‘z navbatida obshirliklar uchun bayramga munosib tuhfa bo‘ldi deyish mumkin.


Xususan, mahallada 348 ta xonadonda ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Ichki yo‘llarning 2 kilometr qismiga asfalt yotqizildi, 15 kilometr yo‘l shag‘allandi, 2 kilometr piyodalar yo‘lakchasi qurildi. Yangilangan yo‘llarning bir qismida uzum voishlari tashkil etildi. 21 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, yillar davomida aholini qiynab kelgan ichimlik suvi muammosi hal etildi. Mahalladagi 5 ta transformator ta’mirlandi, 100 ga yaqin temir-beton ustunlar o‘rnatilib, 5 kilometr elektr havo tarmog‘i tortildi va 50 ta xonadonga maishiy gaz ballonlari yetkazib berildi. Hududdagi qabriston va ziyoratgoh obodonlashtirilib, rekonstruksiya qilindi.


Mahallada 3 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga yangidan zamonaviy mahalla idorasi va “Obshir” tibbiyot punkti binosi qurildi. Hududdagi ta’mirtalab holga kelib qolgan 21-sonli umumta’lim maktabi to‘liq kapital ta’mirlandi. Shuningdek, ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida subsidiya asosida dastgohlar ajratilib, tikuvchilik markazi ishga tushirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oʻquvchilarga quvonch ulashildi

​Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida yurtimiz boʻylab...

Finalchilar kutib olindi

Termiz shahrida sport ixlosmandlari uchun muhim musobaqalardan biri —...

Kitob bilan ulg‘aygan oila

Surxondaryoda oilaviy kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Biz — kitobxon...

Muhim kelishuvga erishildi

Xalqaro forum doirasida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida...
KunTun
KunTun