Ilg‘or terimchilar rag‘batlantirildi

Date:

Ayni paxta yig‘im-terimi mavsumida dalada ish qizg‘in. terimchilar javlon urib, kim o‘zarga musobaqalashayotgandek, etaklarini to‘ldirib, oq oltin terib, birma-bir paxtasi qancha tosh bosganini o‘lchashga tutingan. Albatta, bu jarayon, o‘ziga xos daladagi bu bellashuv esa paxta rejasini bajarishga zamin yaratayapti.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, “Jayxun klaster” MChJga qarashli “Murtazo Doniyor” fermer xo‘jaligining 20 gektarlik dalasida paxta yig‘im-terim ishlarining borishi bilan tanishish bahonasida ana shunday ilg‘or terimchilarni rag‘batlantirishini-da unutmadi.
Shuningdek, viloyat rahbari terimchilar bilan suhbatlashib, ular uchun dalada yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Ilg‘or terimchilarning mehnatlari e’tirof etilib, ularga sovg‘alar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun