Uch avlod vakillari uchrashdi

Date:

Momo-bobosi bilan yashab, ularning pand-nasihatlari, o‘gitlari bilan ulg‘aygan yoshlarning tabiatida, fe’l-atvori-yu tarbiyasida og‘ir-vazminlik, mushohadalik yaqqol seziladi. Albatta, qarisi bor uyning parisi bor deganlaridek, yoshi ulug‘larimiznng yoshlar tarbiyasida tutgan o‘rni benihoya katta. Ularning purma’no so‘zlarini, hayot tajribalarini tinglash maqsadida Termiz shahridagi 11506-harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.


Uchrashuvda nuroniy otaxon va onaxonlar, harbiy faxriylar va xizmatchilar, yoshlar ishtirok etdi. El-yurt ravnaqi yo‘lida kamarbasta bo‘lish lozimligi uch avlodga mansub yurtdoshlarimiz o‘rtasida kechgan samimiy suhbatlarning bosh mavzusiga aylandi. Yoshi ulug‘ faxriylar hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar haqida so‘zlab berib, yosh avlodning Vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishiga qaratilgan qimmatli maslahat va tavsiyalarini berishdi.
Tadbir davomida vohaning iste’dodli xonandalari va raqqosalari ijrosida vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar barchada bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...

Reabilitatsiya markazida 130 o‘rinli xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan

Surxondaryo viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash...

MASHAQQATLI MEHNAT VA BAXT NASHIDASI

Bu bitigimiz 94 yoshli Aliqul bobo Tosh o‘g‘li va...
KunTun
KunTun