Tomchilatib sug‘orishadi

Date:

Bugungi kunda issiqxona biznesi orqasidan mo‘may daromad topayotganlarni zamonamiz qahramonlari sifatida e’tirof etib, ularni ibrat va namuna sifatida ko‘rsatayapmiz. Shu o‘rinda “mehnatdan-ku qochmaymiz, ammo suv masalasi muammo bo‘ladiganlar nima qilsin”, deydiganlar ham topiladi.
Tinib-tinchimagan qahramonlarimiz esa bu masalasining-da uddasidan chiqib kelmoqda. Jarqo‘rg‘on tumanining “Polvonlar yurti” mahallasida yashovchi fuqarolar Bekzod Ximmatov va Muzaffar Abdullayev xonadonlarida issiqxona tashkil etib, tomchilatib sug‘orishni ham yo‘lga qo‘yishganiga nima deysiz? Ularning yuqori daromad olishlarida bu tashabbusi qo‘l keldi. Tadbirkorlarning amaliy o‘quv seminar o‘tkazildi.
Bekzod Ximmatov xonadonida hozirgi kunda besh sotix issiqxona mavjud bo‘lib, issiqxonada bodiring yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan. Har ikki kunda 85-100 kilogramdan ortiq bodiring mahsulotini bozorga yetkazib, aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlab, yerdan unumli foydalanib, mahalladagi fuqarolarga ham o‘z tajribalarini o‘rgatib kelmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Topshiriqlar aniq, ijrosi muhim

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumaniga tashrifi davomida...

Maktablar qishga tayyor

Termiz shahar hokimligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi...

“Maromiylik” — isrofning oldini oladi

Yurtimizda to‘y va marosimlarni tartibga solish, ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish...

Kelishuv manfaatli boʻldi

Surxondaryoda bo‘lib turgan Eron Islom Respublikasining Fors viloyati hokimi...
KunTun
KunTun