«Ko‘zingni och»

Date:

O‘zbek filmlari haqida gap ketganda tanqid ustiga tanqid yog‘ilib, oxiri bunday filmlarning bori ham tanqid yomg‘irlari ostida ko‘milib, yo‘q bo‘lib ketgandek bo‘ldi. Shu sababdanmi, oxiri kinorejissorlarimiz bir qismli filmlar suratga olishni to‘xtatib, seriallarga o‘tishdi. Holat va ahvol esa bundan battar bo‘lsa, bo‘ldiki, aslo joyiga tushmadi. Shunchaki, tomoshabinning ham gapiraverib, ensasi qotdi shekilli, bu haqda to‘xtalmay qo‘ydi. Siyqasi chiqqan mavzu-yu, jo‘n senariylardan charchadik.
Ana shunday bir paytda S.A.Gerasimov nomidagi VGIK Toshkent filiali talabasi Gulnora Ivanova ham o‘zini kinoga urdi. U yozuvchi Stiven King bilan shartnoma tuzib, 1981-yilda yozilgan «Qo‘l berib ko‘rishmagan odam» qissasini kinoga olish huquqini 1 dollarga sotib olgan. Aytish kerakki, qo‘rqinchli janrdagi «Tegish» qisqa metrajli filmi allaqachon Malayziyada bo‘lib o‘tgan «Nitiin International Film Festival»da «Eng yaxshi triller» nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan va Student World Impact Film Festival kinofestivalining diplomi bilan ham taqdirlangan.
Mana shunday muvaffaqiyatli qadamdan so‘ng o‘zbek rejissor qizining urinishi qanday kecharkin? Nima bo‘lganda ham hozirda Gulnora «Ko‘zingni och» nomli yangi filmini suratga olyapti. Biz esa munosib bahoni berish uchun kutamiz va kuzatamiz…

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bog‘ishamol”da Mustaqillik shukuhi

Mustaqillik bayrami xalqimizni ezgu maqsadlar, birdamlik va Vatanga sadoqat...

Yoʻl chiziqlari yangilandi

Qulay va xavfsiz yo‘l infratuzilmasini yaratish yo‘l-transport hodisalarining oldini...

Oʻquvchilar sayohatga yo‘l oldi

Yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash...

Yoshlarga yangi xonadonlar topshirildi

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Yetim bolalar va...
KunTun
KunTun