Tanlovning viloyat bosqichida…

Date:

Ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning savodxonligini oshirish, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida o‘zbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilayotir. “Imo-ishora tili bo‘yicha eng yaxshi tarjimon” respublika tanlovining viloyat bosqichi esa amalga oshirilgan ishlarning natijasini ko‘rsatgandek bo‘ldi.
Sho‘rchi tumanidagi 122-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar maxsus maktab internatida o‘tkazilgan tanlovda ishtirokchilar test savollariga maqbul javobni belgiladilar. O‘zlariga berilgan matnni tarjima qilib, qo‘shiq tarjimasida ham o‘zlarini sinab ko‘rdilar. Erkin mavzu shartida esa ishtirokchilar o‘z iqtidorlarini namoyish etdilar.
—Tanlovda 98 ball yig‘ib, g‘olib bo‘ldim, — deydi Ilhom Meliqulov. – Shartlar davomida menga tushgan savollarning barchasiga imo-ishora orqali javob berdim. Erkin mavzuda o‘zim yaxshi ko‘rib tinglaydigan va ijro etadigan “Onam” qo‘shig‘ini ijro etdim. Tanlov davomida raqiblarim ham o‘z iqtidorlarini namoyon etishdi. Bunday tanlovlarni o‘tkazilishi, bilim va ko‘nikmalarimizni oshirishga xizmat qiladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolalar ta’limi uchun yangi imkoniyat

Bolaning ilk ta’lim muhiti uning kelajakdagi rivojida muhim o‘rin...

“Surxon yulduzi” iste’dodlarni kashf etmoqda

Yosh iste’dodlarni izlab topish va ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash...

“Open byudjet”: ikkinchi mavsum boshlandi

Hududlarni obod qilish va mahalliy muammolarni hal etishda fuqarolarning...

Yangi maskan — yangi imkoniyat

Shahar va tumanlarda zamonaviy jamoat maskanlarini yaratish nafaqat infratuzilmani...
KunTun
KunTun