Stipendiya olib, kasb-hunar o‘rgandi…

Date:

Manzura baxtsiz hodisa tufayli nogironlik aravachasiga mixlanib qoldi. To‘g‘ri, oyoqlari ishlamas, ammo qo‘llari sog‘-ku? Avvaliga tushkunlikka tushdi. Qorong‘u xonaga qamalib oldi, yig‘ladi, siqtadi, oilasidagilarni ham qiyin ahvolda qoldirdi. Ammo, ko‘rdiki, bundan hech qanday naf yo‘q. Shunda nimadir qilish kerakligi haqida o‘yladi. Qo‘lida esa hech bir hunari yo‘qligidan attang qildi. Ammo, tikish-bichishga qiziqishi bor emasmi, boshiga kelgan fikrdan o‘zi quvondi. U ham tikish-bichishni o‘rganadi. Tikuvchilik qiladi. Ishlari o‘xshasa, tikuv sex ochadi.
Ana shunday rejalar bilan o‘zi yashaydigan hududdagi “Ishga marhamat” monomarkaziga bordi. U yerdagi tikuvchilik to‘garagiga qatnay boshladi. Quvonarlisi, ustozlaridan hunar sirlarini o‘rganib, qo‘li ancha kelishib, o‘ziga ishonchi ortgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan kasb-hunar o‘rganayotganidan endigina bir oydan oshgan edi hamki, unga o‘qib organayotgani uchun stipendiya ham berildi. Manzuraning esa quvonchi cheksiz.
Shu o‘rinda aytish kerakki, “Ishga marhamat” monomarkazlarida inklyuziv ta’lim asosida kasb-hunarga o‘qitilayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik nafaqasi bilan bir vaqtda, BHMning 2 baravari (660 ming so‘m) miqdorida har oylik stipendiya ham to‘lab beriladi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDU talabalari — finalda!

Termiz davlat universiteti talabalari “Talabalar teatr studiyalari” festivalining Samarqandda...

Samarqand-u Buxoroga sayohat

Angor tumanida ichki turizmni rivojlantirish hamda yurtimizning boy tarixiy-madaniy...

Do‘ppi chelenji o‘tkazildi

Angor tumanida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yoshlar orasida milliy...

Mini GES ishga tushdi

Oltinsoy tumanida energiya samaradorligini oshirish va aholini elektr ta’minoti...
KunTun
KunTun