Suv muammosi kun tartibiga chiqdi

Date:

Qumqo‘rg‘on tumani hokimi Farrux Xoliqov Tayfang mahallasida yashovchi fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaat va takliflarini tingladi.

Muloqotda tomorqa yerlarini sug‘orish uchun suv ta’minotidagi muammolar ko‘tarildi. Fuqarolar mavjud qiyinchiliklarni bayon etib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarini bildirdi.

Tuman hokimi murojaatlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, muammolar sabablarini aniqlash va yechim choralarini belgilash yuzasidan tegishli tashkilotlar mas’ullariga topshiriqlar berdi.

Murojaatlar ijrosi nazoratga olinib, ko‘tarilgan masalalarni amaliy hal etish vazifasi belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun