Taxiatoshlik 32 nafar yosh Surxondaryo mehmoni

Date:

Ayni kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanidan 32 nafar yosh Surxondaryoda bo‘lib turibdi. Tashrif davomida yoshlar viloyatdagi turli tadbirlar, uchrashuvlar va ma’naviy-ma’rifiy dasturlarda ishtirok etib, vohaning hayoti, uning yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlari bilan yaqindan tanishmoqda.

Mazmunli tashrif doirasidagi navbatdagi uchrashuv Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bilan bo‘lib o‘tdi. Samimiy muloqotda hokim yoshlar bilan ochiq suhbatlashib, ularning taassurotlari, qiziqishlari va kelgusidagi rejalari bilan qiziqdi.

Suhbat davomida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Ayniqsa, “Jasorat maktabi” loyihasining yoshlar hayotidagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Bunday loyihalar yoshlarning jismoniy, ma’naviy va ruhiy tayyorgarligini mustahkamlash, ularda Vatanga sadoqat, jasorat va mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Uchrashuv davomida yoshlar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, fikr va takliflarini bildirdilar. Erkin va samimiy ruhda kechgan muloqot ular uchun Surxondaryodagi mazmunli tashrifning yana bir unutilmas lahzasiga aylandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’limda raqamli imkoniyatlar va zamonaviy metodika

Etcetera Termiz davlat pedagogika institutida “Madaniyatlararo va raqamli ta’lim sharoitida...

Ta’lim sifatini xalqaro standartlarga moslashadi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida professor-o‘qituvchilar ishtirokida A3ES xalqaro...

Shahrizoda va Sofiya Malayziyaga boradi

iTISU Cambridge International School o‘quvchilari xalqaro miqyosdagi 9th Writing...

Yosh sportchilar bilan motivatsion uchrashuv

Termiz olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga UFC...
KunTun
KunTun