Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Date:

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga oid qabrlar va topilmalar o‘rganilmoqda. Dastlabki natijalar ushbu maskanda miloddan avvalgi 1700–1500-yillarga oid tarixiy izlar saqlanganini ko‘rsatmoqda.

Tadqiqotlar Madaniy meros agentligi, Ya. G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti hamda Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti Ipak yo‘li arxeologiyasi tadqiqot markazi hamkorligida olib borilmoqda.

200×100 metr hajmdagi tepalikda 100 ga yaqin qabr aniqlangan bo‘lib, ayni paytda 10 dan ortiq qabr tadqiq etilmoqda. Dastlabki o‘rganishlar qabrlar va ulardan topilgan ashyolar Sopolli madaniyati yodgorliklariga yaqinligini ko‘rsatmoqda.

Tadqiqotlar qadimgi aholining turmush tarzi va dafn an’analari haqida yangi ma’lumotlar berishi, Surxondaryoning bronza davri tarixiga oid hali noma’lum jihatlarni ochib berishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun