“Obodon”ning qiyofasi oʻzgardi

Date:

Bir paytlar infratuzilmasi og‘ir toifadagi mahallalar qatorida bo‘lgan hududlarda bugun yangilanishning amaliy natijalari yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Sho‘rchi tumanidagi Obodon mahallasida ham ana shunday o‘zgarishlar aholining kundalik hayotida aks etmoqda.

“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi asosida mahallaning ichki infratuzilmasi kompleks ravishda yangilanib, 5,9 kilometr yo‘l asfaltlandi, 1 kilometr piyodalar yo‘lagi barpo etildi.

Elektr ta’minoti ham yaxshilanib, 114 ta beton tayanch ustuni o‘rnatildi, yangi transformator punkti ishga tushirildi. Ko‘chalarda 39 ta tungi yoritish chirog‘ining o‘rnatilishi esa mahallaning kechki qiyofasi va harakatlanish qulayligini yanada yaxshiladi.

Yangilangan obyektlarning foydalanishga topshirilish marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, mahalla ahlini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi.

Obodon mahallasida ro‘yobga chiqarilgan loyihalar xalq farovonligiga qaratilgan islohotlarning mahalla hayotidagi amaliy ifodasiga aylandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun