Ikki oilaga yangi xonadon, mahallaga yangi maskan

Date:

Mustaqillik bayrami arafasida Denov tumanining Chuqurqishloq mahallasida aholi uchun muhim bo‘lgan ikki ezgu ish bir paytda amalga oshirildi — yangi mahalla idorasi va ehtiyojmand oilalar uchun qurilgan xonadonlar foydalanishga topshirildi.

Hududda mahalla fuqarolar yig‘inining zamonaviy binosi barpo etilib, “mahalla yettiligi” vakillarining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. Bu esa fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va mahalladagi masalalarni joyida hal etish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov nuroniylar va mahalla faollari bilan suhbatlashib, yangi binoda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Eng quvonarlisi, ijtimoiy himoyaga muhtoj, uy-joy sharoitini yaxshilashga ehtiyoji bo‘lgan ikki oila uchun qurilgan yangi xonadonlar ham o‘z egalariga topshirildi.

Chuqurqishloqda amalga oshirilgan ushbu ishlar mahalla hayotida yangi imkoniyatlarni boshlab berishi bilan birga, ikki oilaga munosib turmush sharoitiga ega bo‘lish quvonchini ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun