Janubda “Shukronalik darslari” o’tkazildi

Date:

Janubi-g’arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Hayrabod garnizonlarida joylashgan harbiy qismlarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarning mazmun-mohiyatiga bag’ishlangan “Shukronalik darslari” o’tkazildi.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda keyingi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilgan tub islohotlar, aholi farovonligini yuksaltirish, yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ta’lim va sog’liqni saqlash tizimlarini takomillashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda mamlakatimiz mudofaa salohiyatini yanada mustahkamlash yo’lida erishilayotgan natijalar haqida atroflicha fikr almashildi.

Shuningdek, Yangi O’zbekistonni barpo etish yo’lida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, inson qadrini ulug’lash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, harbiy xizmatchilar zimmasidagi yuksak mas’uliyat hamda Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Darslar davomida qisqa vaqt ichida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, ijtimoiy imtiyozlar, moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham so’z yuritildi.

Tadbirlar ishtirokchilari mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va yurt tinchligini ta’minlash yo’lida har bir harbiy xizmatchi o’z burchini yuksak mas’uliyat, vatanparvarlik va fidoyilik bilan ado etishi zarurligini yana bir bor e’tirof etdilar.

O’tkazilgan “Shukronalik darslari” harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini mustahkamlash hamda Yangi O’zbekiston taraqqiyoti yo’lidagi sa’y-harakatlarga munosib hissa qo’shishga xizmat qildi.

Akbar Axmedov,
III darajali serjant
Termiz garnizoni

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun