Deputat tashabbusi

Date:

Oltinsoy tumanining “Yangiqurilish” mahallasi aholisi tomonidan toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan.

Mazkur murojaatlarni o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 10-“Yangiqurilish” saylov okrugidan saylangan deputat Mustafaqulov Murodilla joyiga chiqib, mavjud holatni o‘rgandi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, deputat tomonidan mazkur masala Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida deputatlik tashabbusi sifatida ko‘tarildi. Tashabbus sessiya kun tartibiga kiritilib, tegishli qaror qabul qilindi hamda zarur mablag‘ ajratildi.

Ajratilgan mablag‘lar hisobidan aholini sifatli toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida ichimlik suvi tarmog‘i uchun zarur quvurlar xarid qilinib, hududga yetkazib berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun