Sifatli ta’lim sari muhim qadam

Date:

Ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirishda davlat-xususiy sheriklik hamda xususiy sektor tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i Bekzod Tashpulatov Jarqo’rg’on tumanida xususiy maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etishni rejalashtirayotgan fuqarolar bilan uchrashdi.

Muloqot davomida istiqbolli loyihalar muhokama qilinib, ta’lim muassasalari tashkil etilishi rejalashtirilgan hudud va binolar o’rganildi. Shuningdek, loyihalarni samarali amalga oshirish hamda sifatli ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan amaliy tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur tashabbuslar hududlarda zamonaviy ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish va yosh avlod uchun sifatli ta’lim imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun