Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Date:

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va hamkorlar e’tiborini jalb etishda ham muhim omil sanaladi. Shu nuqtai nazardan, Surxondaryoda olib borilayotgan navbatdagi media loyiha viloyat salohiyatini dunyoga namoyish etishga xizmat qiladi.

Dunyoning nufuzli “EURONEWS” telekanali ijodkorlari Surxondaryoda tasvirga olish ishlarini amalga oshirmoqda. Suratga olish jarayonlari Qattaqum yarimcho‘lining noyob tabiati, Qumqo‘rg‘ondagi intensiv olma bog‘lari hamda Jarqo‘rg‘ondagi yirik bodomzorlarda tashkil etildi.

Maxsus dasturda viloyatning ekologik boyligi, zamonaviy bog‘dorchilik tajribasi, agrar islohotlar, turizm imkoniyatlari va investitsiyaviy jozibadorligi yoritiladi. Avgust oyida efirga uzatiladigan ko‘rsatuv Surxondaryoning tabiiy va iqtisodiy salohiyatini millionlab xalqaro tomoshabinlarga tanitishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun