57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Date:

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi salomatligi, qulay yashash muhiti va infratuzilma barqarorligini ta’minlaydigan muhim omildir. Shu bois Jarqo‘rg‘on tumanida bu boradagi ishlar tizimli nazorat asosida davom ettirilmoqda.

Avvalroq tuman hokimi Ilhom Saparov mas’ullar bilan birgalikda hududdan o‘tuvchi 57 kilometr yo‘lni piyoda ko‘zdan kechirib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan aniq topshiriqlar bergan edi. Bugun esa ushbu vazifalar ijrosi doirasida temir yo‘l va avtomobil yo‘llari atrofi tozalanib, chiqindilar olib chiqilmoqda, begona o‘tlar bartaraf etilmoqda, daraxtlar parvarish qilinib, yo‘l chetlari tartibga keltirilmoqda.

Obodonlashtirish ishlari maxsus texnikalar va mas’ul tashkilotlar hamkorligida olib borilmoqda. Bu sa’y-harakatlar hududlarning qiyofasini yaxshilash bilan birga, aholi uchun yanada ozoda, xavfsiz va qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun