Maktabgacha ta’lim sifati kompleks o‘rganiladi

Date:

Ta’lim tizimidagi natijadorlikni oshirish, mavjud muammolarni joyida aniqlash va amaliy yechimlar ishlab chiqish maktabgacha ta’lim sifatini ta’minlashning muhim omillaridan biridir. Shu maqsadda Surxondaryo viloyatida vazirlik ishchi guruhi tomonidan kompleks o‘rganish ishlari boshlandi.

Shu munosabat bilan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida yig‘ilish o‘tkazilib, o‘rganish jarayonlarini samarali tashkil etish, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tahlil qilish hamda tizimdagi mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash masalalari muhokama qilindi.

O‘rganishlar davomida ta’lim-tarbiya sifati, boshqaruv samaradorligi, xizmat intizomi va kasbiy odob-axloq me’yorlariga rioya etilishi baholanadi. Yakunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilib, tashkilotlarga uslubiy ko‘mak ko‘rsatilishi hamda tizimni yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanishi rejalashtirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun