Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Date:

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini amalda ko‘rish yoshlar uchun muhim tajriba maktabidir. Shu maqsadda Angor tumanining faol yoshlari “Stone City Energy” MCHJ tomonidan barpo etilayotgan bug‘-gaz elektr stansiyasi qurilishi maydonida bo‘ldi.

Tanishuv davomida ishtirokchilarga loyihaning hudud energetika tizimidagi o‘rni, zamonaviy texnologiyalar asosida elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayoni, yaratiladigan yangi ish o‘rinlari hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Yoshlar mutaxassislar bilan muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Bunday uchrashuvlar ularda zamonaviy sanoat va energetika sohasiga qiziqishni kuchaytirish, istiqbolli kasblar haqida amaliy tasavvur hosil qilishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun