“Vatanparvar” bog‘ida unutilmas kun…

Date:

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda vatanparvarlik ruhini yuksaltirish maqsadida ezgu tashabbusga qo‘l urildi.

Ayni maqsadda Termiz tumanida joylashgan DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlardan birida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun “Vatanparvar” bog‘iga ekskursiya uyushtirildi. Mazkur tadbir ishtirokchilarning madaniy hordiq chiqarishi uchun ayni muddao bo‘ldi. Oila davrasida maroqli vaqt o‘tkazish asnosida kasbiy iftixor hissini o‘z farzandlariga ham ulashdilar. Bunday tashabbuslar harbiy xizmatchilarni ruhlantirish bilan birga, ularning Vatanga sadoqati va xizmatga bo‘lgan mas’uliyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi desak yanglishmagan bo‘lamiz.

Ushbu kichik sayohat ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirib, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun unutilmas lahzalarni tuhfa etdi.

Shukrullo Tolipjonov,
DXX CHQ ofitseri

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun