Oila qayta tiklandi

Date:

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari emas, balki yana birlashgan oila va kulgisi qaytgan farzandlardir. Chunki mustahkam oila — jamiyat barqarorligining eng ishonchli asosidir.

Bandixon tumanidagi Rashidovlar oilasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklar ajrim va aliment undirishgacha yetib borgan edi. Biroq Majburiy ijro byurosi davlat ijrochilari tomonlar bilan olib borgan suhbatlar va murosa yo‘lidagi sa’y-harakatlar samara berdi.

Natijada er-xotin o‘zaro kelishuvga erishib, oila qayta tiklandi. Eng muhimi, uch nafar farzand yana ota-ona mehri bag‘riga qaytdi. Shundan so‘ng aliment bo‘yicha ijro hujjati undiruvchining ixtiyoriy arizasiga asosan qaytarib olindi.

Bu voqea har bir saqlab qolingan oila ortida farzandlar baxti, mehr-oqibat va jamiyat kelajagi mujassam ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Millat Shavkati” — tarixiy xotira va milliy o‘zlik haqida

Kitob — millatning tarixiy xotirasi, ma’naviy tajribasi va bugungi...

Obod mahalla sari ezgu tashabbus

Mahalla obodligi, avvalo, shu hududda yashayotgan aholining daxldorligi va...

Muammoga manzilli yondashuv

Mahallalarda aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish, bandlikni ta’minlash...

Yong‘in xavfsizligi — muhim talab

Qurilish jarayonida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish inson hayoti...
KunTun
KunTun