Zamonaviy infratuzilma yaratildi

Date:

Prezidentimizning tegishli qaroriga muvofiq, Islom taraqqiyot banki hamda BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) hamkorligida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida Termiz tumanining At-Termiziy mahallasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.

Loyiha doirasida mahalladagi ichki yo‘llar asfaltlandi va piyodalar yo‘laklari barpo etildi, elektr ta’minoti hamda ichimlik suvi tarmoqlari yangilandi. Shuningdek, yangi maktab o‘quv binosi qurilib foydalanishga topshirildi. Markaziy ko‘cha bo‘ylab zamonaviy tungi yoritish tizimi o‘rnatilib, mahallaning muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tubdan yaxshilandi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirokidagi tadbirda mazkur loyihalar rasman aholi xizmatiga topshirildi. Amalga oshirilgan ishlar mahalla aholisining turmush sifati va hayot farovonligini oshirish, hududni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qilayotganini ta’kidlagan nuroniylar va faollar Prezidentimizga o‘z minnatdorliklarini bildirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun