Har bir kun yangi bilim va yangi taassurot

Date:

Yozgi ta’til bolalar uchun nafaqat dam olish, balki yangi bilim va ko’nikmalarni egallash, iste’dodini namoyon etish imkoniyatidir. Shu bois “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida o’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Termiz shahridagi 15-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida ham ushbu tashabbus faol davom etmoqda. Maktab direktori Solijon Toshmurodov rahbarligida pedagoglar tomonidan o’quvchilar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, kitob mutolaasi, “Zakovat” intellektual o’yinlari, ekologik aksiyalar hamda ijodiy uchrashuvlar muntazam tashkil etilmoqda.

Mazkur mashg’ulotlar o’quvchilarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, bo’sh vaqtini samarali o’tkazish, kitobxonlik, sog’lom turmush tarzi va jamoada ishlash ko’nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Sadoqat Tadjiyeva,

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun