Xalqaro maydondagi yorqin muvaffaqiyat

Date:

Yoshlarning xalqaro fan olimpiadalaridagi muvaffaqiyati nafaqat ularning shaxsiy yutug‘i, balki mamlakat ta’lim tizimi salohiyatining ham muhim ko‘rsatkichidir. Bunday natijalar ilm-fanga qiziqayotgan yangi avlod uchun kuchli rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi.

Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tgan 67-Xalqaro matematika olimpiadasida (IMO 2026) O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Kumush medal sohiblaridan biri — Termiz shahridagi 14-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchisi Elshod O‘ralov bo‘ldi. Uning ushbu natijasi voha yoshlari salohiyati va iqtidorining xalqaro maydondagi yana bir yorqin e’tirofi bo‘ldi.

119 mamlakatdan 685 nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etgan nufuzli olimpiadadagi ushbu muvaffaqiyat O‘zbekistonda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar samarasini yana bir bor tasdiqladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun