Raqamli salohiyat oshiriladi

Date:

Bugungi kunda zamonaviy armiyaning kuchi nafaqat harbiy tayyorgarlik, balki raqamli texnologiyalarni samarali qo‘llay oladigan malakali mutaxassislarga ham bog‘liq. Shu bois axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik yo‘nalishidagi hamkorliklar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ana shu maqsadda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi hamda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hujjat doirasida harbiy xizmatchilarning kompyuter savodxonligi, kiberxavfsizlik, dasturlash asoslari va sun’iy intellekt bo‘yicha bilim hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, maxsus o‘quv kurslari, amaliy seminarlar, mahorat darslari va istiqbolli raqamli loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Mazkur hamkorlik harbiy sohada raqamli transformatsiyani jadallashtirish, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish va zamonaviy texnologiyalarni puxta egallagan kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun