Bolalar uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochildi

Date:

Maktabgacha ta’limga yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar bolalarning ilk bilim va tarbiya oladigan muhitini yanada sifatli tashkil etishga xizmat qilmoqda. Yangi bog’chalar esa nafaqat ta’lim sifati, balki mahallalar ijtimoiy infratuzilmasining rivojlanishida ham muhim o’rin tutmoqda.

Shu maqsadda Muzrabot tumanining Mehrigiyoh mahallasida 120 o’rinli yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida tuman hokimi Abdulla Mamatqulov, nuroniylar, mahalla faollari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yangi bog’chada zamonaviy o’quv-tarbiya xonalari, yotoqxona, oshxona, musiqa va sport mashg’ulotlari uchun maxsus xonalar tashkil etilib, hudud obodonlashtirildi. Muassasada bolalarning sifatli ta’lim olishi va har tomonlama kamol topishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Mazkur ta’lim maskani Mehrigiyoh mahallasidagi oilalar, ayniqsa, farzandlarini maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni istagan ota-onalar uchun muhim imkoniyat yaratadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun