Ekologik nazorat kuchaytirildi

Date:

Atrof-muhitni muhofaza qilish va qurilish jarayonlarida ekologik me’yorlarga rioya etilishini ta’minlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Termiz shahridagi qurilish obyektlarida navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari hamda Ekopolisiya xodimlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida qurilish va maishiy chiqindilarni belgilangan tartibda joylashtirish, atmosfera havosini ifloslantirmaslik, yashil hududlarni muhofaza qilish hamda davlat ekologik ekspertizasi talablariga rioya etilishi tekshirildi.

Nazorat jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar va qat’iy ogohlantirishlar berildi. Mutasaddilar ekologik talablarga rioya etilishi ustidan nazorat ishlari muntazam davom ettirilishini ma’lum qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun