Kaftdek yerdan baraka

Date:

Bugungi kunda tomorqa yerlaridan unumli foydalanish nafaqat oilaviy daromadni oshirish, balki oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Har bir qarich yerni samarali ishlatish esa mehnatsevarlik va oqilona yondashuvning yorqin namunasidir.

Qumqo‘rg‘on tumani “Neftchilar” mahallasida yashovchi Islomqulova Momoxol momo ko‘p qavatli uyda istiqomat qilsa-da, o‘ziga ajratilgan kichik tomorqadan unumli foydalanib kelmoqda. U pomidor, bulg‘or qalampiri, baqlajon va boshqa sabzavotlarni yetishtirib, oilasining kundalik dasturxonini tabiiy va sifatli mahsulotlar bilan ta’minlayapti.

Momoxol momoning fidokorona mehnati bir qarich yerga mehr bilan ishlov berilsa, undan mo‘l hosil olish mumkinligini yana bir bor isbotlaydi. Bunday namunali xonadonlar tomorqachilik madaniyatini rivojlantirish, oilalar farovonligini mustahkamlash va yerdan samarali foydalanish borasida boshqalarga ham ibrat bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun