Ekologik tarbiya bog‘chadan boshlanadi

Date:

Yosh avlodda tabiatga ehtiyotkorona munosabat va ekologik madaniyatni shakllantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Bu boradagi amaliy mashg‘ulotlar maktabgacha ta’lim muassasalarida ham izchil yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bandixon tumanidagi 14-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Suvni asraymiz — kelajakni asraymiz” shiori ostida amaliy tadbir tashkil etildi. Unda tarbiyalanuvchilarga suv resurslarini tejash, tabiatni asrash, ekologik madaniyat va shaxsiy gigiyena qoidalari interaktiv mashg‘ulotlar orqali tushuntirildi.

Tadbir tuman maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokidagi amaliy seminar shaklida o‘tkazilib, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etishga xizmat qildi. Bu kabi tashabbuslar bolalarda ekologik mas’uliyatni erta yoshdan shakllantirishga muhim hissa qo‘shmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun