Bolalar kelajagiga investitsiya qilinmoqda

Date:

Nogironligi bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning mustaqil hayotga tayyorlanishi va jamiyatga muvaffaqiyatli moslashuvi bugungi ijtimoiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Qumqo‘rg‘on tumanidagi “G‘amxo‘rlik” markazida tarbiyalanayotgan bolalar uchun ta’lim-tarbiya, sog‘lomlashtirish va kasb-hunarga o‘rgatish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Markazda 10 dan ortiq kasb-hunar yo‘nalishi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, tarbiyalanuvchilarning qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday mashg‘ulotlar bolalarda mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish, ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda kelgusida mustaqil hayot kechirishiga mustahkam zamin yaratmoqda. Bu esa ularning jamiyatda munosib o‘rin egallashi va o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyon etishiga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun