Yuzyillik bunyodkorlik poydevori

Date:

Xalqimiz azaldan ilm-ma’rifatni taraqqiyotning eng muhim omili sifatida e’zozlab kelgan. Bejiz dono ajdodlarimiz: “Bir yillik foydani reja qilsang — guruch ek, yigirma yillik foydani reja qilsang — daraxt ek, yuz yillik foydani reja qilsang — odamlarga ta’lim ber”, deb ta’kidlamaganlar.Ushbu hikmat zamirida chuqur hayotiy haqiqat mujassam. Chunki jamiyat taraqqiyoti, xalq farovonligi va davlat qudrati avvalo ta’lim tizimining rivoji hamda barkamol avlod tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bugun Yangi O‘zbekiston sharoitida ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor har qachongidan ham yuksak darajaga ko‘tarildi. Davlatimiz tomonidan ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, pedagoglarning nufuzini oshirish va yoshlarni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday ulkan maqsadlar yo‘lida samarali faoliyat yuritayotgan ta’lim maskanlaridan biri Denov tadbirkorlik va pedagogika institutidir.
Institut jamoasi o‘z oldiga nafaqat bilim berish, balki ma’naviy yetuk, Vatanga sadoqatli, zamonaviy dunyoqarashga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashdek sharafli vazifani qo‘ygan. Bu yo‘lda professor-o‘qituvchilar, rahbar xodimlar, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi personal vakillari bir maqsad atrofida birlashib, fidoyilik bilan mehnat qilmoqdalar.
Bugungi globallashuv davrida ta’lim sifati mamlakatning raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy omillardan biriga aylandi. Shu bois institutda pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish va ilmiy salohiyatni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Har bir pedagog yoshlar qalbiga nafaqat bilim, balki ezgulik, vatanparvarlik va insoniylik fazilatlarini ham singdirishni o‘zining muqaddas burchi deb biladi.
Ta’lim tizimidagi muvaffaqiyatlar, avvalo, jamoadagi sog‘lom muhit va mehnatga berilayotgan munosabat bilan chambarchas bog‘liq. Institutda xodimlarning mehnatini qadrlash, ularni rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi samarali yo‘lga qo‘yilgan. Eng yaxshi pedagoglar, ilg‘or rahbarlar, faol jamoatchilar va o‘z kasbining fidoyi vakillari munosib e’tirof etilib, bu esa jamoada sog‘lom raqobat va yangi yutuqlarga intilish ruhini shakllantirmoqda.
Xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning madaniy hordiq chiqarishini tashkil etish va ma’naviy dunyosini boyitishga qaratilgan tadbirlar muntazam ravishda amalga oshirilmoqda. Institutning 45 nafar xodimi uchun tashkil etilgan ma’rifiy sayohat buning yorqin misolidir.
Institutning bosh maqsadi ham aynan shundan iborat — bilimli, ma’naviy yetuk, vatanparvar va zamonaviy fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash. Chunki ertangi kun taraqqiyoti bugun auditoriyalarda ta’lim olayotgan yoshlarning bilim va salohiyatiga bog‘liq. Chunki ta’limga xizmat qilish — kelajakka xizmat qilish demakdir. Ta’limga kiritilgan sarmoya esa yuz yillik bunyodkorlikning mustahkam poydevorini yaratadi.

Anorxol Amanova,
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Gaz “teshiklari” yopilmoqda

Tabiiy gaz bugungi kunda dunyoda eng muhim energiya manbalaridan...

Bugunning ehtiyoji, ertaning kafolati

Har qanday davlatning rivojlanishi uning energiya ta’minoti bilan bevosita...

4 292 marotaba reyd

Energiya resurslaridan oqilona foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy...

UzQR majburiy

1-iyuldan boshlab savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi barcha yuridik...
KunTun
KunTun