G‘olib Samarqandga boradi

Date:

Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyat Kengashi tomonidan “Yoshlar oyligi” doirasida mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan xodimlar o‘rtasida “Kitob — ma’rifat manbai” shiori ostida “Eng faol yosh kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi tashkil etildi.

Tadbirda viloyatdagi korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan yoshlar, kasaba uyushmalari faollari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tanlov davomida ishtirokchilar tashkiliy qo‘mita tomonidan tavsiya etilgan o‘zbek va jahon adabiyotining durdona asarlari hamda ilmiy-publitsistik adabiyotlar bo‘yicha bilimlarini namoyish etib, test va savol-javob shartlari asosida bellashdilar.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvda faxrli birinchi o‘rinni Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi Muhriddin Xidirov, ikkinchi o‘rinni Termiz iqtisodiyot va servis universiteti o‘qituvchisi Feruza Rahmonqulova, uchinchi o‘rinni Termiz shahar 1-son texnikumi o‘qituvchisi Jamshid Hazratqulov egalladi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar va g‘oliblar kasaba uyushmalarining diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan kitobxonlarga Samarqand viloyatiga 2 kunlik sayohatga borish huquqini beruvchi sertifikatlar ham topshirildi.

Tadbirning yana bir ahamiyatli jihati uning ikki bosqichda tashkil etilganligidadir. Birinchi bosqich tuman, shaharlar hamda tashkilotlar kesimida o‘tkazilib, ularda jami 1000 dan ortiq kitobxonlar qamrab olindi. Tanlovning ikkinchi, ya’ni viloyat bosqichida, birinchi bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan kitobxonlar o‘zaro bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Mazkur tanlov yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ularning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kitobga bo‘lgan mehr va muhabbatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, tadbir yoshlarni ilm-ma’rifatga chorlash, ularning intellektual rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Sharofiddin TURDIEV,

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyat Kengashi raisining Yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun