Inklyuziv sport — teng imkoniyatlar

Date:

Sport ta’lim muassasalarida adaptiv va inklyuziv sportni rivojlantirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminarda nogironligi bo‘lgan bolalar va yoshlarni sport mashg‘ulotlariga keng jalb etish, ular uchun qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
Seminarda mutaxassislar tomonidan adaptiv sportni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda sportning barcha uchun ochiq va qulay bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha muhim takliflar ilgari surildi.
Shuningdek, malakali murabbiylar tayyorlash, sport infratuzilmasini takomillashtirish va yoshlarni adaptiv sport to‘garaklariga keng jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday tashabbuslar nogironligi bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamiyatda teng imkoniyatlar muhitini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun