Ijara xarajatlari qoplab beriladi

Date:

Uy-joy masalasi ko‘plab yosh oilalar uchun dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Endilikda “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalar turar joy ijarasi xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Kompensatsiya 12 oy davomida har oy ijara to‘lovining 50 foizigacha miqdorda ajratiladi. Mablag‘lar ariza beruvchining ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi, arizalar esa onlayn tarzda qabul qilinadi.

Mazkur tashabbus yosh oilalarning moliyaviy yukini yengillashtirish, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash hamda jamiyatdagi ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun