“Bog‘i shamol” faoliyati boshlandi

Date:

Oltinsoy tumanidagi 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Bog‘i shamol” nomli kunduzgi maktab oldi sog‘lomlashtirish oromgohi o‘z faoliyatini boshladi.
Oromgohning asosiy maqsadi o‘quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularning sog‘lig‘ini mustahkamlash, bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish hamda ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirishdan iborat. Shu maqsadda bolalar uchun sport musobaqalari, tanlovlar, ekskursiyalar, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar tashkil etiladi.
Mazkur oromgoh yosh avlodning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishi, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini oshirish va yozgi ta’tilni maroqli hamda foydali o‘tkazishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun